1 993
«Lokomotiv» Stiven Jerrard boshqaruvidagi «Glazgo Reynjers»ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Shotlandiyaning «Glazgo Reynjers» klubi 11 yanvar kuni Dubayda Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishini tasdiqladi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
«O‘yin Dubay sport jamiyatining «Adolatli futbol» kompaniyasi hamkorligidan o‘tkaziladi. Uchrashuv «Sevens» stadionida o‘tadi. Bu bahs «Reyjers»ning O‘zbekistonning uch karra chempioni, kubogi va Superkubogi sohibi, OCHLning doimiy ishtirokchisi sanalmish «Lokomotiv»ga qarshi ilk o‘yini bo‘ladi» - deyiladi Shotlandiya klubi rasmiy saytida.
«Reyndjers» bosh murabbiyi, angliyalik taniqli sobiq futbolchi Stiven Jerrard o‘yin oldi qo‘yidagi fikrlarini bildirib o‘tgan:
«Biz Dubaydagi yig‘inimiz yakunida, issiq iqlim sharoitida o‘tadigan Toshkentning «Lokomotiv» klubi bilan o‘yinni intiqlik bilan kutyapmiz.
Bu o‘yin biz uchun mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonidagi muhim bahs bo‘ladi. O‘ylaymanki, o‘rtoqlik uchrashuvi ikki tomon uchun ham muhim sinov o‘yini bo‘ladi» - deydi Stiven Jerrard.
«Lokomotiv» klubi O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, tarkibi turli millatli futbolchilardan tashkil topgan. O‘zbekiston esa Markaziy Osiyodagi yirik davlatlardan biri sanalib, 32 million aholiga ega» - deya yozadi «Glazgo Reynjers» klubi rasmiy sayti.
Ma’lumot uchun, «Lokomotiv» 3 yanvar kunidan Dubayda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini boshladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?