
“Liverpul”ning oxirgi besh o‘yinidagi natijalar jamoada muammo borligini ochiq ko‘rsatdi. Klub “Real” va “Aston Villa”ni ishonchli yengdi, ammo uchta uchrashuvda yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Bu jamoaning o‘yini barqaror emasligini bildiradi.
Muammoni futbolchilarning formasi yoki yangi o‘yinchilarning ko‘nikishi bilan bog‘lab bo‘lmaydi. Tarkib kuchli, deyarli har bir pozitsiyada sifatli futbolchilar bor. Demak, asosiy muammo tarkibda emas — jamoaning umumiy tizimi va boshqaruvida.
Slotga vaqt berish kerak, degan fikr ham aniq asosga ega emas. Chunki jamoa maydonda ham, boshqaruvda ham bir xil uslubni ko‘rsatmayapti. Tizimlilik, qat’iy yechim va davomiylik sezilmaydi. Jamoa go‘yoki natija o‘zi o‘zgarishini kutayotgandek.
Shu sabab ko‘plab mutaxassislar murabbiy almashinuvi jamoaga yangi turtki berishi mumkinligini aytmoqda. Oxirgi ikki oyda to‘qqiz mag‘lubiyat qayd etgan “Liverpul”ni tiklash uchun hozircha aniq reja ko‘rinmayapti.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.