
Portugaliya terma jamoasi sardori va «Al Nassr»ning yetakchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yana bir karra jismoniy ko‘rsatkichlari bilan jamoatchilikni hayratda qoldirdi. WHOOP texnologiya kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshga yaqinlashib qolgan futbolchining biologik yoshi atigi 28 deb baholangan. Xalqaro sportshunoslar bu ko‘rsatkichni rivojlanishdagi noyob misol sifatida qayd etmoqda.
Ronalduning o‘zi ham tadqiqot natijalarini sharhlar ekan, shunday dedi:
— «Ma’lumotlar aldamaydi. Bu mening mehnatim va intizomimning natijasi», – deya ta’kidladi u.
Haqiqatdan ham, uning bu mavsumdagi statistikasi ham bunga ishora qilib turibdi. Joriy mavsumda u klub va terma jamoa safida jami 17 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu esa Ronalduning hali ham yuqori darajadagi har qanday musobaqada kurasha olishini isbotlaydi.
2023 yildan beri «Al Nassr» sharafini himoya qilib kelayotgan Krishtianu hali ham jamoasining asosiy figurasi. Uning nomzodi, natijalari va maydondagi ishtiyoqi uni zamonaviy futbolning eng barqaror hujumchilaridan biri sifatida ko‘rsatadi. Shuningdek, Ronaldu «Oltin to‘p»ning 5 karra sohibidir va bu yutuq uning butun karerasidagi ulkan mehnati natijasini ifoda etadi.
Uning biologik yoshi atrofidagi yangi ma’lumotlar yana bir bor shuni tasdiqlayaptiki, Ronalduning sport olamidagi uzoq umri tasodif emas — bu yillar davomidagi qattiq mashg‘ulotlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu rejimi va intizomli hayot tarzi mahsulotidir.
Futbol jamoatchiligi esa hujumchining hali necha mavsum yuqori cho‘qqida qolishi mumkinligini qiziqish bilan kuzatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.