
Dunyo futbolidagi eng mashhur juftliklardan biri — Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodrigesning uzoq kutilgan to‘y sanasi va manzili nihoyat aniqlashdi. “Jornal da Madeyra” nashri ma’lumotiga ko‘ra, nikoh tantanasi Ronalduning bolaligi o‘tgan shahri — Funshalda, katolik cherkovining yirik markaziy ibodatxonasida o‘tkaziladi. Marosim 2026 yilgi Jahon chempionati yakunlanganidan so‘ng, yoz faslida bo‘lib o‘tadi, deb ta’kidlanmoqda. Ziyofat esa Funshaldagi hashamatli mehmonxonalardan birida davom etadi.
Ma’lumki, 40 yoshli portugaliyalik yulduz avgust oyida uzoq yillar davomida yelkadosh bo‘lib kelgan sevgilisi Jorjina Rodrigesga nikoh taklifini rasman bildirganini ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilgan edi.
Ronaldu va Jorjina munosabati 2016-yilda boshlangan. U paytda Krishtianu “Real Madrid” safida gol urib yurgan, Jorjina esa Madriddagi Gucci do‘konida ishlayotgan bo‘lgan. Ular haqidagi afishalangan munosabatlar 2017-yilda, ilk qizlari Alana Martina dunyoga kelganida ommaga ma’lum bo‘lgan.
Krishtianu Ronaldu bugungi kunda besh farzandning otasi hisoblanadi. Uning to‘ng‘ich farzandi Krishtianu Junior 2010-yilda tug‘ilgan bo‘lsa, Ev-u va Mateo ismli egizaklari 2017-yilda dunyoga kelgan. Ronaldu va Jorjina umumiy qizlari Alana Martinani 2017-yilda, eng kenja farzandlari Bella Esmeralda esa 2022-yilda tug‘ilgan.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda portugal yulduzi va “Al-Nasr” sardori Krishtianu Ronaldu Jorjina bilan birga Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi va Bosh vaziri Muhammad bin Salmonning AQSHga tashrifi munosabati bilan Oq uyda o‘tkazilgan tantanali kechki ovqatda ishtirok etgani ham aytilgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.