date

O‘zbekistonning g‘alabasi Misrda qattiq tanqidlarga sabab bo‘ldi

O‘zbekistonning g‘alabasi Misrda qattiq tanqidlarga sabab bo‘ldi

O‘zbekiston terma jamoasining Misrga qarshi Al Ayn kubogi yarim finalida o‘tkazgan uchrashuvidagi 2:0 hisobidagi ishonchli g‘alabasi nafaqat mahalliy muxlislar, balki misrlik sport jamoatchiligining ham katta e’tiborini qozondi. Afrika qit’asining futboldagi eng nufuzli mamlakatlaridan biri bo‘lgan Misrda bu mag‘lubiyatdan so‘ng jamoa va murabbiylar shtabi keskin tanqid ostida qoldi.

Misrning sobiq futbolchisi Ahmad Bilol o‘yindan keyingi chiqishida o‘z ehtirosli fikrlarini yashirmadi. Uning ta’kidlashicha, O‘zbekiston maydonda Misrga haqiqiy ma’nodagi futbol darsi berdi va hisob bundan ham yirik bo‘lishi mumkin edi.

— «O‘zbekiston bizga futbolning chin ma’nosini ko‘rsatdi. Ular juda o‘yin dissiplinasiga ega jamoa ekan. Hatto boshqa vaziyatlarda yana bir necha bor gol urishi ham mumkin edi», — dedi Bilol.

Uning fikricha, Misrning asosiy tarkib bilan maydonga tushganiga qaramay, o‘zaro kuchlar nisbati kutilganidek bo‘lmadi:

— «Biz bu jamoani xaritadan ham topilmaydigan, futbolda jiddiy raqobatchi emas deb o‘ylardik. Lekin ular bizdan to‘liq ustun bo‘ldi. O‘zbekiston bizga futbol darsi berdi, xolos», — deya tan oldi sobiq hujumchi.

O‘zbekiston terma jamoasining bunday ishonarli o‘yini jamoa tayyorgarligi, taktik barqarorligi va yosh avlodning tez o‘sib kelayotganini yana bir bor namoyon qildi. Misr ommaviy axborot vositalari esa bu mag‘lubiyat milliy jamoa uchun jiddiy signal ekanini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekistonning g‘alabasi Misrda qattiq tanqidlarga sabab bo‘ldi