10:36 / 12.01.2020
2 760

Xavi: “Barselona”ni boshqarish – orzuim, ammo...”

Xavi: “Barselona”ni boshqarish – orzuim, ammo...”
Qatarning “Al Sadd” klubi bosh murabbiyi Xavi sobiq jamoasi - “Barselona”ni boshqarishi mumkinligi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.
“Barselona”ga murabbiylik qilish - bu mening orzuim, buni hech kimdan yashiradigan joyi yo‘q. Hamma bu haqda biladi. Men doim “Barselona”ni chin yurakdan qo‘llab-qo‘vvatlab kelganman. Ammo hozir bor e’tiborim “Al Sadd”ga qaratilgan. Erik Abidal (“Barselona” sport direktori) mening do‘stim. Men juda ko‘p marta u bilan uchrashganman. Ammo boshqa hech narsa demayman. “Barselona”ga, Valverdega, sevimli jamoamga hurmatim yuqori. Ayni paytda Qatarda ishlayapman va bor kuch va mahoratimni ushbu jamoaga bag‘ishlayapman. “Al Sadd”da mashg‘ulotlar o‘tkazayotganimdan xursandman”, deya futbolchining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sport.es.

Ilgariroq “Barselona” Xaviga 2022 yilning 30 iyuniga qadar bo‘lgan muddatga shartnoma taklif etganligi haqida xabarlar chiqqan, 39 yoshli Xavi yaqin kunlarda Valverdening o‘rnini egallashi kutilayotgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xavi: “Barselona”ni boshqarish – orzuim, ammo...”