18:02 / 10.02.2020
2 852

OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g‘alaba bilan boshladi

OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g‘alaba bilan boshladi
OCHL guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan “Paxtakor” hamda BAAning “Shabab Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi o‘yin o‘z nihoyasiga yetdi.
“Paxtakor” markaziy stadionida kechgan uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.

18-daqiqada Jaloliddin Masharipov “parashyut” uslubida raqib darvozasiga to‘pni joylab qo‘ydi. Shundan so‘ng uchrashuv tempi juda tushib ketdi. Natijada 67-daqiqada Pedro Konde muvozanatni tikshalshga erishdi. Ammo oradan 3 daqiqa o‘tar-o‘tmas Dragan Cheran yana “sherlar”ni hisobda oldinga olib chiqdi.

“PAXTAKOR” – “SHABAB AL AHLI” 2:1
Gollar:
Jaloliddin Masharipov (18), Dragan Cheran (70) - Pedro Konde (67)

"Paxtakor": Eldorbek Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Sherzod A’zamov, Yegor Krimes (S), Farrux Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Dostonbek Hamdamov, Dragan Cheran, Jaloliddin Masharipov, Igor Sergeyev.
Zaxira: Sanjar Quvvatov, Anzur Ismoilov, Asad Sobirjonov, Humoyunmirzo Iminov, Abror Ismoilov, Vladimir Kozak, Eren Derdiyok.

"Shabab Al Ahli": Majid Nosir, Muhammad Marzuq, Abdulaziz Haykal, Muhammad Sebil, Yusuf Jaber, Aziz G‘aniyev, Ismoil Alhammadi, Abdulla Naqbi, Majid Hassan, Federiko Kartabiya, Pedro Konde.
Zaxira: Hassan Hamza, Salmin Hamis, Muhammad Ismoil, Volid Husayn, Harib Abdulla, Eyd Hamis, Ahmad Halil.

Shu tariqa, Shota Arveladze shogirdlari 3 ochko bilan “V” guruhida 1-o‘ringa ko‘tarilib olishdi. Guruhdagi ikkinchi bellashuv esa Toshkent vaqti bilan soat 19:40 da boshlanadi. Unda musobaqaning amaldagi g‘olibi, Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi Eronning “Padideh” klubini qabul qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. "Paxtakor" guruh bosqichini g‘alaba bilan boshladi