20:35 / 06.03.2020
3 369

Inoyatov o‘rniga Milliy bank raisi O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rahbar bo‘ldi

Inoyatov o‘rniga Milliy bank raisi O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rahbar bo‘ldi
O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasida 6 mart, juma kuni O‘zbekiston tennis federatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda federatsiyaga yangi rahbar saylandi.

Konferensiyani O‘zbekiston tennis federatsiyasi bosh kotibi, Osiyo tennis federatsiyasi vitse-prezidenti Iroda To‘laganova olib bordi. Federatsiyaning yangi rahbarligiga O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruv raisi Alisher Mirsoatov nomzodi ilgari surildi. Konferensiya ishtirokchilari nomzodni bir ovozdan ma’qulladi va Alisher Mirsoatov O‘zbekiston tennis federatsiyasining yangi raisi deb e’lon qilindi.

Federatsiyani uzoq yillar boshqarib kelgan Rustam Inoyatov MOQ prezidenti Rustam Shoabdurahmonovning taklifiga ko‘ra tashkilotning faxriy prezidenti etib saylandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Inoyatov o‘rniga Milliy bank raisi O‘zbekiston tennis federatsiyasiga rahbar bo‘ldi