23:30 / 16.05.2020
2 873

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" amaldagi chempionni mag‘lub etdi

Belarus chempionati. "Energetik-BGU" amaldagi chempionni mag‘lub etdi
Bugun Belarus chempionatida 9-tur o‘yinlari davom ettirilmoqda. Hamyurtlarimiz Jasur Yaxshiboyev hamda Shahboz Umarov to‘p suradigan “Energetik-BGU” klubi amaldagi chempion “Dinamo” Brest jamoasiga qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Yaxshiboyev odatdagidek maydonda 90 daqiqa faol harakat qilgan bo‘lsa, Umarov 68-daqiqada zaxiraga olindi. Shu tariqa, "talabalar" hisobidagi ochkolar soni 18 taga yetdi va turnir jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Belarus chempionati. 9-tur

"Energetik-BGU" - "Dinamo" Brest 2:1
Gollar:
Bakich (41), Yudchis (46) - Kislyak (90+4)
"Energetik-BGU": Lesko, Svirepa, Bakich (Girs 67), Yaxshiboyev, Umarov (Sovpel 68), Nosko, Sokol, Mavatu, Tve, Yudchis, Shkurdyuk.
"Dinamo" Brest: Pavlyuchenko, Yuzepchuk, Kiki, Pavloves, Veretilo, Kislyak, Bikov, Savitskiy, Krives (Milevskiy 62), Gordeychuk (Pechenin 76), Sadovskiy (Laptev 63).

Ogohlantirishlar: Tve 19, Nosko 24, Matavu 29 - Yuzepchuk 76.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Belarus chempionati. "Energetik-BGU" amaldagi chempionni mag‘lub etdi