17:57 / 25.05.2020
3 038

Angliya Premer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar aniqlandi

Angliya Premer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar aniqlandi
FourFourTwo nashri Angliya Premer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar reytingini tuzib chiqdi.

Unga ko‘ra, Fransiya terma jamoasi hujumchisi Erik Kantonaning «Manchester Yunayted»ga transferi birinchi o‘ringa loyiq ko‘rildi. Kantona 1992 yilda «Lids»dan 1,34 million yevro evaziga mankunianliklar safiga o‘tgandi.

Sol Kempbellning erkin agent maqomida «Tottenhem»dan «Arsenal»ga yo‘l olgani ikkinchi o‘rinni band etgan bo‘lsa, Ngolo Kante transferi kuchli uchlikka yakun yasadi. 2015 yilda «Lester» 6,26 million yevro evaziga «Kan»dan sotib olgan futbolchi hozirda «Chelsi» a’zosi hisoblanadi.

FourFourTwo talqiniga ko‘ra APL tarixidagi eng yaxshi 10 transfer:

* Erik Kantona («Lids»dan «Manchester Yunayted»ga, 1992 god) — 1,2 million funt
* Sol Kempbell («Tottenhem»dan «Arsenal»ga,, 2002) — erkin agent
* Ngolo Kante («Lester»dan «Chelsi»ga, 2015) — 5,6 mln funt
* Lukas Radebe («Kayzer Chifs»dan «Lids»ga, 1994) — 50 ming funt
* Nikolya Anelka (PSJdan «Arsenal»ga, 1997) — 500 ming funt
* Patrik Viyeyra («Milan»dan «Arsenal»ga, 1996) — 3,5 mln funt
* Edvin van der Sar («Fulhem»dan «Manchester Yunayted»ga, 2005) — 2 mln funt
* Dele Alli («MK Dons»dan «Tottehem»ga, 2015) — 5 mln funt
* Sami Hyuyupya («Villem»dan «Liverpul»ga, 1999) — 2,6 mln funt
* Ole-Gunnar Sulsher («Molde»dan «Manchester Yunayted»ga, 1996) — 1,5 mln funt.

Kantona 1992—1997 yillar mobaynida «Manchester Yunayted»da to‘p surgan. Bu vaqt ichida u to‘rt bora Angliya chempionligini qo‘lga kiritdi va ikki bor Angliya Kubogiga ega chiqdi. Fransiyalik futbolchi klub safida 179 o‘yin o‘tkazib, 81 gol va 61 ta samarali uzatma muallifiga aylangan.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Angliya Premer Ligasi tarixidagi eng yaxshi transferlar aniqlandi