16:38 / 30.05.2020
1 754

Menni Pakyao: Meyvezer menga hasad qilyapti

Menni Pakyao: Meyvezer menga hasad qilyapti
41 yoshli jahon chempioni Menni Pakyao karantindan keyin o‘zi bilan jang qilish istagini bildirgan Errol Spens, Denni Garsiya yoki Mayki Garsiyaga qarshi ringga chiqishga tayyor ekanini bildirdi.

Shuningdek, o‘z vaqtida sakkiz vazn toifasida chempionlik kamariga egalik qilgan filippinlik charm qo‘lqop ustasi Floyd Meyvezerning gaplariga javob berdi. Floyd yaqinda yosh va kuchli bokschilarni qariya Pakyaoga chaqiruv tashlamasdan o‘zaro kuch sinashishga chaqirgandi.

- Floyd menga hasad qilyapti. Men hamon ringdaman. Qo‘limda chempionlik kamari bor. Boksdan ketish niyatim yo‘q. Hozirgina mashg‘ulotni tugatdim va o‘zimni jud yaxshi his qilyapman. Ayni paytdagi asosiy maqsadim pandemiya davrida xalqimga yordam berish, – dedi Menni.

Shuningdek, Pakyao pandemiya munosabati bilan o‘ziga bo‘layotgan har qanday taklifni rad etishini bildirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Menni Pakyao: Meyvezer menga hasad qilyapti