12:15 / 05.06.2020
2 924

"Beshiktosh" Jasur Jaloliddinovga qiziqib qoldi

"Beshiktosh" Jasur Jaloliddinovga qiziqib qoldi
“Bunyodkor” klubining iste’dodli futbolchisi Jasur Jaloliddinov yevropaliklarning e’tiborini o‘ziga qaratishda davom etmoqda.
Ma’lumki, futbolchimiz o‘tgan yilning dekabr oyida Italiyaning “Benevento” klubi mashg‘ulotlarida bo‘lib qaytgandi. Shundan beri yosh futbolchimizga yana bir qancha klublardan takliflar kelib tushmoqda.

E’tiborlisi, Turkiyaning yetakchi klublaridan biri sanalgan “Beshiktosh” ham Jaloliddinovga jiddiy qiziqish bildirgan. Futbolchimizning o‘yinlari turkiyaliklarni rom etmoqda.

Bundan tashqari, Moskvaning “Lokomotiv” jamoasi tomonidan ham Jasur Jaloliddinov bo‘yicha taklif yuborilgan.
Futbolchining ma’lum qilishicha, chindan ham “Beshiktosh” hamda “Lokomotiv” klublaridan takliflar kelib tushgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Beshiktosh" Jasur Jaloliddinovga qiziqib qoldi