Foto: Reuters
«Barselona» bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub prezidenti Xosep Bartomeu «Tiempo de Juego» nashriga ma’lum qilgan. «Seten iste’foga chiqarildi», degan Bartomeu qisqa qilib.
Ma’lum bo‘lishicha, «Barselona» bu borada ertaga rasman e’lon qiladi. 61 yoshli Seten yanvardan buyon «Barselona»ni boshqarib kelayotgandi. U Kataloniya klubi murabbiyligiga «Betis»dan kelgandi.
Ertaga Seten bilan birga klubning sport direktori Erik Abidalning ham iste’fosi e’lon qilinishi kutilmoqda. «Barselona» bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida Maurisio Pochettino qaralmoqda. Klub u bilan 1+1 ko‘rinishida shartnoma imzolashi aytilgan.
Shuningdek, Ronald Kuman, Massimiliano Allegri va Teri Anri ham «Barselona» bosh murabbiyi bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi