09:35 / 27.08.2020
2 803

O‘zbekiston MTJning navbatdagi yig‘iniga chaqirilgan o‘yinchilar ro‘yxati

O‘zbekiston MTJning navbatdagi yig‘iniga chaqirilgan o‘yinchilar ro‘yxati
Xabaringiz bor, O‘zbekiston milliy terma jamoasi 30 avgustdan 4 sentabrga qadar Toshkentda o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini olib boradi.
Bosh murabbiy Vadim Abramov mazkur yig‘inga mahalliy klublardan 26 nafar futbolchini chaqirdi. Bu haqda O‘FA rasmiy sayti xabar bermoqda.

Yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati:
Darvozabonlar: Eldor Suyunov ("Paxtakor"), Abduvohid Ne’matov ("Nasaf"), Botirali Ergashev ("Qo‘qon-1912").
Himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Anzur Ismoilov ("Paxtakor"), Sanjar Qodirqulov ("Bunyodkor"), Murod Xolmuhammedov ("Qo‘qon-1912"), Igor Golban ("Navbahor"), Islomjon Qobilov ("Bunyodkor"), Ibrohim Halil Yuldashev ("Bunyodkor"), Husniddin Aliqulov ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Lutfulla To‘rayev ("Bunyodkor"), Oybek Bozorov ("Nasaf"), Aziz Turg‘unboyev ("Navbahor"), Abror Ismoilov ("Paxtakor"), Nurillo To‘xtasinov ("Bunyodkro"), Farruh Ikromov ("Bunyodkor"), Hojimat Erkinov (AGMK), Iskandar Shoyqulov ("So‘g‘diyona"), Akmal Mozgovoy ("Nasaf"), Quvondiq Ro‘ziyev ("Qo‘qon-1912"), Suhrob Berdiyev ("Qo‘qon-1912"), Husniddin G‘ofurov ("Surxon").
Hujumchilar: Bobir Abdiholiqov ("Nasaf"), Shahzod Ubaydullayev ("Metallurg"), Temurxo‘ja Abduxoliqov ("Lokomotiv").

FIFA sentabr oyidagi FIFA kunlarini 2022 yil yanvar oyiga ko‘chirgani, pandemiya sharoitida parvozlarni amalga oshirishdagi qiyinchiliklar va boshqa cheklovlar sabab, xorijiy chempionatlarda to‘p surayotgan o‘zbekistonlik futbolchilar ushbu yig‘inga jalb etilmadi.

Yig‘in doirasida Milliy terma jamoa Tojikiston vakillariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi. Uchrashuv 3 sentabr kuni “Lokomotiv” stadionida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston MTJning navbatdagi yig‘iniga chaqirilgan o‘yinchilar ro‘yxati