O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodovning A Seriya vakili «Jenoa»ga o‘tgani haqida xabar berilgandi. Ma’lumki, Eldor A Seriya, xususan, «Jenoa»da to‘p suradigan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi emas. Undan oldin mazkur jamoada Ilyos Zeytullayev ismli (o‘zbekistonlik) futbolchi to‘p surgan va ma’lum darajadagi yutuqlarga ham erishgan. Shu munosabat bilan «Sports.ru» saytidagi «O‘zbek oshxonasi» blogi muallifi Yevdokim Raimov o‘zbekistonlik futbolchilar Eldor Shomurodov va Ilyos Zeytullayev haqida o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashibdi. «Daryo» quyida ushbu materialni o‘quvchilarga o‘zbek tilida taqdim etadi.
Ilyos Zeytullayev haqida
Foto: Google Photos
Bir paytlar oddiygina o‘n yoshli bola edim va barcha shu yoshdagi bolalar singari kechgacha to‘p ortidan quvardim. 2002 yilgi Jahon Chempionatida Ronaldoning o‘yinlarini tomosha qilib, soch turmagimizni unikiga o‘xshatishga harakat qilardik. Hozir men shuni angladimki, o‘sha paytdagi Braziliya darvozaboni Markos dunyo yulduzi bo‘lgani uchun emas, balki mamlakatdagi eng zo‘ri bo‘lgani uchun asosiy tarkibdan joy olgan ekan.
Nega men buni eslab qoldim?
O‘sha davrda o‘zbek futbolida Ilyos Zeytullayev nomi paydo bo‘ldi. O‘shanda uning kimligini va qanday ko‘rinishga egaligini bilmasdim, ammo uning «Yuventus»ga o‘tishining o‘zi men bir olam quvonch edi. Tasavvur qilib ko‘ring, o‘zbek futbolchisi televizorda ko‘rgan o‘yinchilaringiz bilan bir qatorda o‘ynasa... Men hozirgi kunga kelibgina Zeytullayevning boshqa biror sabab bilan emas, balki ko‘plab futbolchilar bilan bo‘lgani singari shunchaki o‘ynay olmaganini tushunyapman. Hammaga ham nasib etavermaydi-ku, shunday emasmi.
Keyinchalik esa Zeytullayev shaxsini pasportida yoshini «kichraytirgan»ini tan olgan odam sifatida tanidim. Odatda O‘zbekistonda bunday narsalar ha deganda tan olinavermaydi. Istisno tariqasida faqatgina Umid Ahmadjonov federatsiya tepasida bo‘lgan davrda futbolchilarning ommaviy diskvalifikatsiyasini kuzatish mumkin edi. Ammo u yerda ham tushunarsiz bo‘lsa-da, o‘ziga xos qandaydir o‘zgacha falsafa bor edi.
Hozir Ilyos Italiyada murabbiylik kurslariga yozilgan holda erkin hayot kechirmoqda. Uning A Seriyada muvaffaqiyatsizlikka uchragani esa uning shaxsiy ishi. Ammo fakt va faktligicha qolaveradi. U kuchli beshlik chempionatlarida o‘ynagan birinchi o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lib tarixga kirgan. Buni esa inkor etib bo‘lmaydi.
Eldor Shomurodov haqida
Foto: Twitter
Qator yillardan beri o‘zbek futbolchilari muntazam ravishda Rossiya Premer Ligasida to‘p surib kelayotgan bo‘lsa-da, Yevropa baribir o‘zgacha o‘lchov. Rossiyaga yo‘l olish nisbatan oson bo‘lib, odatda futbolchilarimiz katta to‘siqlarga duch kelmaydi. Til borasida deyarli muammo kuzatilmaydi, shuningdek, Gucci to‘plamlari uchun ham bemalol MUMga borish mumkin. Ammo negadir futbolchilarimizning G‘arb tomon yo‘l olish uddalab bo‘lmas topshiriqdek go‘yo.
Lekin men qachondir bizning futbolchilar ham top-ligalarda o‘ynashiga, shartli «Sauthempton», «Nitsa» va «Real Sosedad»larga muxlislik qilishimizga ishonardim. Bir qancha vaqt oldin Sardor Rashidov bunga harakat qilib ham ko‘rdi, biroq u biroz vaqtdan boy bergandi. U ketishi kerak paytda Qatarni tanlagandi.
Eldor ketma-ket o‘n beshta o‘yinda gol ura olmadi. Bunga faqatgina Yevropa Ligasida doirasida o‘tkazilgan «Makkabi»ga qarshi o‘yinda nuqta qo‘yildi. Valeriy Karpin esa bu holatni «karantin futboli» va jamoaning jismoniy holati bilan bog‘ladi. Umuman olganda Eldor yil davomida ham o‘tgan mavsumdagidek faol bo‘lmadi.
Shunga qaramay hozir asosiysi Eldorga o‘ziga bo‘lgan ishonchdir. «Jenoa» ham o‘z navbatida mukammal klub emas. Klub A Seriyaning o‘rtamiyona jamoalaridan biri hisoblanadi, ammo genuyaliklar Eldorga o‘zi xohlagan narsani berishi mumkin – diqqat markazida bo‘lish va asosiy tarkib a’zosiga aylanish. Ushbu mavsum oldidan jamoani birdaniga uch nafar hujumchi tark etdi. Kristian Kuame «Fiorentina»ga, Andrea Pinamonti «Inter»ga, Janluka Lapadula esa «Torino» safiga qo‘shildi. Shunday ekan, buyog‘iga hammasi faqat Eldorning o‘ziga bog‘liq.
Ta’kidlanishicha, italyanlar Eldorga yiliga 600-700 ming yevro taklif qilmoqda. Transfer narxi esa 9 million yevroga baholanmoqda.
Yana bir muhim jihat shundaki, Eldor Italiyaga ozmi, ko‘pmi shakllangan va ma’lum muvaffaqiyatlarga erishgan futbolchi sifatida ketmoqda. Hatto Jasur Jalolliddinovning fonida ham Shomurodov «Rostov»ga ancha kech jo‘nab ketgandi. U Donda ancha vaqtgacha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishda muammolarga duch keldi. Valeriy Karpin boshchiligida esa Eldor futbolchi sifatida o‘sdi, o‘ziga bo‘lgan ishonchi ortdi, ko‘proq gol ura boshladi (eng muhimi). Shunga qaramay, Italiyada unga oson bo‘lmasligi aniq. Italiya futboli albatta, hozir 90 yillardagidek o‘ta himoyaviy tusda emas. Biroq daraja va futbol ob-havosi sezilarli darajada farq qiladi. Agar Shomurodov o‘z rivojlanishidan to‘xtamasa, O‘zbekiston milliy terma jamoasi nihoyat haqiqiy yulduz va yetakchiga ega bo‘ladi.
Yuqoridagi so‘zlarga qaytsak, «Jenoa»da oldin ham o‘zbekistonlik futbolchi 12 ta o‘yin o‘tkazishga ulgurgan. Men esa shu tobda + 39 (10) 612831 («Jenoa» klubining telefon raqami) raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, Siyob bozoridagi sotuvchi ayollar o‘z nonlarini eng mazalisi ekanligiga ishontirgani kabi, vatandoshimning nimalarga qodir ekanligini aytishga oshiqyapman.
Shundan so‘ng biz «o‘zbek oshxonasi»ning eskirmaydigan mavzusi – Jahon Chempionati (Eldor Shomurodov boshchiligida) haqida suhbatlashamiz! “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar