date

Arsenal uch futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Arsenal uch futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Londonning "Arsenal" klubi bir nechta futbolchilar bilan shartnomalarni uzaytirish ustida ish olib bormoqda. Jamoa hozirda vinger Bukayo Saka va himoyachi Yurriyen Timber bilan ijobiy muzokaralar olib borayapti.

Ushbu futbolchilar yaqin kelajakda amaldagi shartnomalarga nisbatan yanada foydali kelishuvlarga imzo chekishlari kutilmoqda. Shuningdek, "Arsenal" yaqin vaqt ichida yarim himoyachi Deklan Rays bilan ham muzokaralarni boshlashni rejalashtirmoqda.

BBC xabariga ko‘ra, "kanonirlar" kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noaniqliklarni oldini olish maqsadida Rays bilan shartnomani erta uzaytirishni istashmoqda. Deklanning amaldagi shartnomasi 2028 yil o‘rtalarigacha "Arsenal" bilan bog‘langan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arsenal uch futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi