20:10 / 13.12.2020
4 036

"Nasaf"dan chiqqan futbolchilar nima uchun Toshkent klublariga ketib qolishmoqda?

"Nasaf"dan chiqqan futbolchilar nima uchun Toshkent klublariga ketib qolishmoqda?
"Nasaf" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev saytimiz uchun bergan intervyusida asosiy jamoadan joy berib, katta futbolchi qilib yetishtirgan o‘yinchilari Toshkent klublariga ketib qolishi qanchalik ta’sir qilishi haqida gapirdi.

"Biz bunga majbur bo‘lyapmiz. "Paxtakor" tufayli emas, o‘zimizning imkoniyatimiz pasaygani uchun, ya’ni byujetimiz kamaygani, smetalarimiz qisqartirilgani sabab bo‘lmoqda.

2017 yilda "Paxtakor"ni 4:0 hisobida mag‘lub etib, kumush medalni qo‘lga kiritgan paytimiz jamoani 2 yil davomida shakllantirgan edik. Klubimizda tajribali futbolchilar bor edi va ular yoshlarni uyg‘unlashtirib kelayotgandi. O‘shanda, rahbariyatga shu jamoani saqlab qolish kerakligini va tarkibga 2, 3 ta futbolchini qo‘shib, yuqori maqsadlar yo‘lida kurashishni, jumladan, Chempionlar ligasida yaxshi natijalar uchun kurashishni taklif qilgandim, ammo bizga "smetalarimiz qisqaradi va katta futbolchilarni olib qolishimiz qiyin bo‘ladi," - deb aniq qilib aytishdi.

Ko‘plab futbolchilarimiz bilan 1 yillik bitim bo‘lardi va shuning uchun "Paxtakor"dan bo‘lgan yaxshi takliflarni qabul qilishdi. Afsuski, ularni tekinga qo‘yib yuborishga majbur bo‘ldik. Keyingi mavsumda ham shu holat takrorlandi, Dragan Cheran hamda Igor Golban jamoani bepul tark etdi va faqatgina Odil Xamrobekov bilan uzoq yillik shartnomamiz borligi uchun uni 2,5 mlrd so‘mga transfer qildik.

Barchasi byujetga borib taqaladi, hozirgi kunda ham shunday ahvolga tushishimiz mumkin, ammo vaziyatni o‘nglash uchun imkoniyatimiz bor. Moliyaviy qiyinchiliklar bor va ko‘p yosh futbolchilarimizning shartnomasi yakuniga yetmoqda. Bu narsa, yana o‘sha holat qaytarilishiga olib kelishi mumkin. Shundan kelib chiqib, biz bunga majbur bo‘lyapmiz
", - dedi Ro‘ziqul Berdiyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Nasaf"dan chiqqan futbolchilar nima uchun Toshkent klublariga ketib qolishmoqda?