13:23 / 15.01.2021
2 322

Temur Kapadze Diyor Imomxo‘jayevga qanday taklif berdi?

Temur Kapadze Diyor Imomxo‘jayevga qanday taklif berdi?
O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Temur Kapadze PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayevga yangi mavsum borasida quyidagi taklif bilan chiqdi.

"O‘zbekiston U-19 termasi bosh murabbiyi Temur Kapadze bir taklif berdi: U-21 jamoalari ishtirokidagi uchrashuvlarni asosiy jamoalar o‘yinidan bir kun oldin emas, bir kun keyin o‘tkazish.

Bu haqida fikrlashdik va quyidagi ijobiy jihatlarni ko‘rdik:
  • bunda asosiy jamoa bosh murabbiyida U-21 jamoasi o‘yinini kuzatish uchun ko‘proq imkoniyat bo‘ladi. Chunki bir kun avval, u o‘z jamoasining o‘yinoldi mashg‘uloti bilan band bo‘ladi. O‘yindan keyingi kunda esa, uning o‘rnini yordamchi murabbiy, jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy va fizioterapevt bildirmasligi mumkin;
  • U-21 jamoasi ham asosiy maydonda, ya’ni, yaxshi maydonda o‘ynash imkoniga ega bo‘ladi. Bunda biz U-21 uchun ajratilgan maydonlarni o‘rganamiz. Maydon talabga javob bermasa, U-21 jamoasi asosiy maydonda o‘ynaydi. Bu esa, asosiy maydonini ko‘z qorachig‘idek asraydigan klubga U-21 uchun ham yaxshi maydon qurish majburiyatini yuklaydi.


Biz bu borada Superliga klublari fikrlari bilan ham albatta qiziqib ko‘ramiz
", - dedi Imomxo‘jayev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Temur Kapadze Diyor Imomxo‘jayevga qanday taklif berdi?