20:10 / 12.02.2021
2 162

Eldor Shomurodov bo‘lajak “jangga” tayyormi?

Eldor Shomurodov bo‘lajak “jangga” tayyormi?
Italiya A Seriyasining 22-turida “Jenoa” futbolchilari safar uchrashuvida “Torino” klubi vakillari bilan kuch sinashadi.

Genuyaliklar ketma-ket beshta uchrashuvdan iborat mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirish maqsadida bo‘lajak bahsga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Kichik jarohat tufayli o‘tgan turni o‘tkazib yuborgan Eldor Shomurodov ham asosiy guruh bilan birga shug‘ullanmoqda.

“Jenoa” klubi rasmiy sayti futbolchilar texnik, taktik va jismoniy mashg‘ulotlardan tashqari, ikkiga bo‘linib, o‘zaro futbol o‘ynagani haqida xabar berdi. Ushbu bahsda jarohatidan qutilgan Eldor Shomurodov, Andrea Masello, Marko Pyatsa ham o‘zini ko‘rsatdi.

Mashg‘ulot jarayonini suratlarda tomosha qilishingiz mumkin:


“Torino” – “Jenoa” uchrashuvi 13 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Eldor Shomurodov bo‘lajak “jangga” tayyormi?