17:27 / 19.02.2021
1 347

Igor Sergeyev: "Bu yerda hamma narsani yutishga harakat qilaman"

Igor Sergeyev: "Bu yerda hamma narsani yutishga harakat qilaman"
"Aktobe"ning yangi forvardi Igor Sergeyev klub matbuot xizmati uchun o‘zining birinchi intervyusini berdi.
- Igor, "Aktobe"ga xush kelibsiz! Qanday his-tuyg‘ularni boshdan kechiryapsiz? Klubimizga kelish varianti qanday paydo bo‘ldi?
- Taassurotlarim faqat ijobiy. Bu yerda bo‘lish juda yoqimli. Jamoa birdam ekanligini, kuchli muxlislari borligini bilardim. Yetib kelganimda bunga o‘zim ham amin bo‘ldim. Jamoa juda ahil. Qanday qilib bu yerda paydo bo‘ldim? Agentim faoliyatimni qayerda davom ettirishim borasida bir nechta variantlarni taklif qildi. Jumladan, Qozog‘istondan ham variantlar bor edi. Rostini aytsam, ko‘nglim "Aktobe"ga tortdi va men aynan shu klubni tanladim.

- O‘tish haqida ko‘p o‘yladingizmi? Kim bilan maslahatlashdingiz? Yakuniy qarorni qabul qilishga kim yordam berdi?
- Yashirmayman, juda uzoq o‘yladim. Barcha ijobiy va salbiy tomonlarni taqqosladim. Men qarorlarni darhol va ikkilanmasdan qabul qilishga odatlanmaganman. Ayrim paytlarda qat’iyat bilan bir qarorga kelsam, baribir agentimning maslahatiga quloq tutaman. Bu yerda o‘ynagan hamyurtlarim Aleksandr Geynrix va Timur Kapadze bilan ham maslahatlashdim. Ular jamoa, shahar va muxlislar haqida faqat yaxshi narsalarni aytib berishdi. Takror aytaman, nima uchun ekanligini bilmayman, lekin men "Aktobe"ni tanladim.

- Qaror qabul qilishda Aleksey Baga masalasiga ham urg‘u qaratdingizmi? Ushbu murabbiyning falsafasi bilan tanishmisiz? U sizga to‘g‘ri keladimi?
- Bu juda muhim. Shubhasiz, men uchun qayerga borishim va kimning qo‘l ostida o‘ynashim muhim. Baga qayerda murabbiy bo‘lmasin, jamoasi chempion bo‘lgani, uning yosh va istiqbolli mutaxassis ekanligi, bularning barchasi juda katta rol o‘ynagan. U bilan shaxsan suhbatlashish muhim edi. Men juda ta’sirlandim. Aleksey Anatolevich savodli kishi, u nimani xohlashini va unga qanday erishishni biladi. Hech bo‘lmaganda u to‘g‘ri o‘ylaydi. Reja va strategiya mavjud. Bu muhim.

Ko‘plab murabbiylar biron bir narsani aytishadi, "chizishadi", lekin amalda hammasi boshqacha bo‘ladi. Baga hayratlantirdi. Unga shaxsan berishni xohlagan barcha savollarimga oldindan javob oldim. Shunday qilib, bu mening "Aktobe"ga o‘tish qarorimga katta ta’sir ko‘rsatdi. Futbolga kelsak, men BATE va "Jalgiris"ning o‘yinlarini tomosha qildim. Uning futboli menga mos deb o‘ylayman. Keyinchalik hammasi ko‘rinadi...

- Mavsum boshlanishidan oldin muxlislarga salom va tilaklaringiz.
- Tabiiyki, faqat eng yaxshi tilaklarni tilayman. Qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman, deb ayta olaman. Jamoa oldiga eng yuqori maqsadlar qo‘yilgan. Men hujumchiman – vazifam gol urish. Gol uraman – g‘alaba qozonamiz. 100% borimni berib o‘ynayman. Men bu yerda hamma narsani yutishga harakat qilaman! Muxlislarga sabr tilayman. Keling va bizga muxlislik qiling! Hammamiz shaharni avvalgi mavqeiga qaytarish uchun harakat qilamiz!

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Igor Sergeyev: "Bu yerda hamma narsani yutishga harakat qilaman"