23:03 / 09.03.2021
1 120

Ulug‘bek Baqoyev "Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?

Ulug‘bek Baqoyev "Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Superliganing yangi mavsumi start oldi. Chempionatning ilk uchrashuvida "Navbahor" va "So‘g‘diyona" o‘zaro kuch sinashdi.
Bellashuvdan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi Ulug‘bek Baqoyev ishtirok etdi.

- Namangan men uchun juda qadrli shahar. Bu yerda faoliyatimning katta qismini o‘tkazganman. O‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, "Navbahor"ning kuchli jamoa ekanligini bilardik. Muxlislari ajoyib. Rostini aytsam, yopiq o‘yin ko‘rsatishga majbur bo‘ldik. Namanganliklarga ham omad tilayman.

- Milan Mitrovich nimaga maydonga tushmadi?
- Uning farzandi kasal bo‘lib qoldi. Insoniylik faktori sabab unga javob berdik. Milan Mitrovichning qaytish imkoniyati bo‘lmasa, darvozabon olamiz.

"Navbahor" qanotlarda faol. Ularda yaxshi imkoniyatlar vujudga keldi. Futbolda kim gol ursa, o‘sha g‘alaba qozonadi. Bugungi bellashuvga hurmat yuzasidan munosabatda bo‘ldik. Har bir o‘yinga finaldek qaraymiz. Yakunda nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi.

"Navbahor" ustidan to‘liq ustunlikka erishdik deyolmayman. Mezbonlar o‘yinning katta qismida ustunlikka erishishdi.
Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini yopiq tarzda o‘tkazdik. Jurnalistlar nigohidan chetda yurdik.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)


Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev "Navbahor" ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?