20:30 / 03.04.2021
1 642

Hasanboy Do‘smatov WBA International kamari sohibi!

Hasanboy Do‘smatov WBA International kamari sohibi!
Toshkent shahridagi "Humo Arena"da professional boks oqshomi o‘tkazilmoqda. Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov oqshom doirasida tanzaniyalik Muhsin Kizotaga qarshi o‘tkazdi.

10 raundga mo‘ljallangan jang vakant bo‘lib turgan WBA International kamari uchun o‘tkazildi va raqibini uchinchi raundda nokautga uchratdi.

Ma’lumot uchun, Hasanboy shu kungacha prof ringda 2 marta jang qilib, ularning har ikkisida raqibini nokautga uchratgandi.
Professional boksdagi uchinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunlagan Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov saytimiz muxbiriga intervyu berdi.

"G‘alaba qozonganimdan xursandman. O‘ylagan maqsadimga erishdim. Murabbiylar va muxlislar ishonchini oqladim deb o‘ylayman. Bu boshlanishi va hali yangi O‘zbekiston uchun chiroyli g‘alabalarni taqdim etamiz. Ochig‘ini aytaman, ringga nokautni o‘ylab tushmagandim. Professional boks havaskordan farq qiladi.

Qolaversa, raqibim aynan professional boksda mendan ko‘ra tajribaliroq edi. Professional boksda 11 ta jang o‘tkazgan, reytingda 23-o‘rinni egallab turgandi. Endi reja bo‘yicha 3-4 oydan so‘ng bugun qo‘lga kiritgan kamarimni himoya qilishim kerak. Menejerlarim tezroq jang berishadi degan umiddaman
", - dedi Do‘smatov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov WBA International kamari sohibi!