22:53 / 10.04.2021
2 459

Ro‘ziqul Berdiyev: "Abduvohid Ne’matov o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganiga sabab bor"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Abduvohid Ne’matov o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganiga sabab bor"
Coca Cola Superliganing 5-turidan o‘rin olgan "Qizilqum" - "Nasaf" (1:2) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- Bugun kuchli raqib maydonida 3 ochkoga ega bo‘ldik. Bundan judayam xursandmiz. Bizda yo‘qotilgan ochkolarni to‘ldirish vazifasi bor. Albatta, biz bugun "Qizilqum" jamoasini hujumkor o‘yin ko‘rsatishini bilardik. Birinchi bo‘limda 3 markaziy himoyachi bilan harakatlandik. Ikkinchi taym oxirlariga kelib 4-4-3 sxemasiga o‘tdik. Shu sxema orqali raqib darvozasiga ikkinchi golni kiritdik. Umuman aytganda, bugungi o‘yin teng kurashlar ostida o‘tdi. Omad ham biz tomonda bo‘ldi.

- Abduvohid Ne’matovning o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganligiga sabab nima?
- Abduvohid Ne’matov asosiy darvozabon deb ta’kidlashingizga sabab nima? Bizda 3 nafar darvozabon bor. Ularning barchasiga imkon beramiz. Ne’matov o‘tgan mavsumda o‘zini yaxshi ko‘rsatdi. Shu sababdan u terma jamoa safiga ham jalb etildi. Bugungi o‘yinga uni jalb etmaganimizni sababi jarohat emasku, lekin sabab bor. Tayyor emasligi uchun Navoiyga uni olib kelmadik. O‘ylaymanki, keyingi o‘yingacha u tiklanadi. Navbatdagi o‘yinlarda unga ham imkoniyat beramiz.

- Oybek Bozorov qachon safga qaytadi?
- Oybek Bozorovning jarohati jiddiy bo‘lib chiqdi. Bir hafta muddat atrofida safga qaytadi deb o‘ylayman. Balki keyingi o‘yingacha qaytar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Abduvohid Ne’matov o‘yin qaydnomasiga kiritilmaganiga sabab bor"