20:11 / 20.04.2021
2 659

Mirjalol Qosimov "Shabab Al-Ahli"ga qarshi o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan nimalar dedi?


Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turi doirasida AGMK klubi "Shabab Al-Ahli"ga qarshi bahs olib boradi. Ushbu o‘yin oldidan Mirjalol Qosimov matbuot anjumanida ishtirok etdi:

"Avvalambor, Assalomu alaykum! Juda ham muhim o‘yin bizni kutmoqda. O‘tgan o‘yinda mag‘lub bo‘lganimiz tufayli ham "Shabab Al-Ahli" bilan bo‘ladigan ikki bahs hal qiluvchi ahamiyatga ega. O‘ylaymanki, "Shabab Al-Ahli" ham shu fikrda. Raqib ham o‘tgan tur mag‘lub bo‘ldi va har ikkala jamoa endilikda faqat g‘alaba uchun kurashadi. Guruhimizda bo‘sh jamoaning o‘zi yo‘q va oson o‘yinlar ham yo‘q. Har bir bahs muhim ahamiyatga ega.

Bo‘lajak uchrashuvga tayyormiz. Futbol shunday o‘yin va unda g‘alaba bilan mag‘lubiyat yonma-yon yuradi. O‘tgan o‘yindagi xatolarimiz xususida xulosalar qilindi, futbolchilar bilan gaplashib oldik. "Shabab Al-Ahli" bilan o‘yinda xatolarni yo‘qqa chiqarishga harakat qilamiz. Yaxshi va chiroyli o‘ynab, imkon qadar ko‘proq vaziyatlar sodir etishga urinamiz".

— "Shabab Al Ahli" bilan AGMK guruhda bir xil vaziyatda va ochkolar bo‘yicha ham tenglik. Guruhda sizlar 3-o‘rin, raqib esa 4-pog‘onada. Bu jihat ertangi o‘yinga qay darajada ta’sir qiladi?
— Har ikkala jamoa bir xil holatda. Dastlab durang o‘ynadik va o‘tgan turda mag‘lubiyatga uchradik. Shu boisdan ham avval ta’kidlaganimdek qatorasiga ikkita o‘yin har ikkala jamoa uchun hal qiluvchi bo‘ladi. Bu to‘qnashuv kimnidir imkoniyatlarini oshirsa, kim uchundir imkoniyatlarni yopadi. Shu taraflama ham mazkur o‘yinlar yanada qiziq bo‘ladi.

— Mag‘lubiyat bo‘lajak o‘yinlarda o‘z ta’sirini ko‘rsatadimi?
— Bu yaxshi tarafga ham yoki yomon tomonlama ham ta’sir qilishi mumkin. Xatolardan xulosa chiqargan holda bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Xato va kamchiliklarni bartaraf etib, ertangi bahsda muvaffaqiyat qozonishga harakat qilamiz. Boshqa yo‘l yo‘q. Maqsad muxlislarimizni xursand qilish", - dedi Qosimov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov "Shabab Al-Ahli"ga qarshi o‘tadigan muhim uchrashuv oldidan nimalar dedi?