12:50 / 21.05.2021
1 964

Ronalduning o‘rnini Grizmann egallaydi


“Barselona” yozgi transferlar vaqtida bir necha yulduzlarini sotuvga qo‘yadi. Birinchilardan bo‘lib Antuan Grizmann transferga qo‘yiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, “Yuventus” Krishtianu Ronalduning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti va portugaliyalik yulduz o‘rniga aynan Antuan Grizmanni olib kelishni rejalashtirmoqda.

“Yuventus”ning hozirgi moliyaviy ahvoli Grizmann darajasidagi qimmat futbolchini birdaniga sotib olishni ko‘tara olmaydi. Shu bois, turinliklar fransiyalik to‘purarni keyinchalik sotib olish huquqi bilan ma’lum muddat ijarada o‘ynatmoqchi.

“Barselona” esa bu hujumchining ketishi jamoa o‘yiniga ta’sir qilmasligini ta’kidlamoqda. Chunki kataloniyaliklar Serxio Aguero va Memfis Depay singari kuchli hujumchilar bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Grizmann joriy mavsumda primerada 35 ta o‘yinda 12 ta gol urdi va yettita golli pas uzatdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronalduning o‘rnini Grizmann egallaydi