21:13 / 27.05.2021
2 422

Kumanning iste’fosi "Barsa"ga qanchaga tushadi?


"Barselona" bosh murabbiy Ronald Kumanni iste’foga chiqarsa, unga qancha pul to‘lashi ma’lum bo‘ldi.
Sport.es nashri tarqatgan xabarga qaraganda, gollandiyalik mutaxassis bilan tuzilgan amaldagi shartnomani muddatidan avval bekor qilish Kataloniya klubiga 13 mln yevroga tushadi.

Gap shundaki, "Ko‘k-anor ranglilar" Kumanning nafaqat yillik maoshini (7,2 million), balki yana 5,8 million yevro tovon puli ham to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

Bundan tashqari "Barsa" hali ham Kuman uchun Niderlandiya futbol ittifoqiga 5 mln yevro to‘lamagani haqida ham ma’lumotlar bor.

Kuman “Barselona”ni 2020 yilning yozidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning boshqaruvidagi jamoa yakunlangan mavsum La Liga va Chempionlar ligasida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. “Barselona” faqatgina Ispaniya kubogida g‘alaba qozondi xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kumanning iste’fosi "Barsa"ga qanchaga tushadi?