20:20 / 30.05.2021
4 636

“Real”ni hech kim kutmagan mutaxassis boshqaradi


“Real” rahbariyati jamoani keyingi mavsumda tayyorlaydigan munosib nomzod qidirmoqda. Kutilmaganda bosh murabbiylikka yangi nomzod paydo bo‘ldi.

Florentino Peres Zinedin Zidanning o‘rniga yakunlangan mavsumda “Lill”ni chempion qilgan Kristof Galteni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Bu mutaxassis Fransiya chempionatida g‘olib chiqqanidan keyin jamoadan ketishga qaror qilgan edi.

Ayni paytda “Real” bosh murabbiysiz qolib ketgan. Klub rahbariyati kelasi mavsumga tayyorlanish va jamoani shakllantirish uchun transferni amalga oshirishdan oldin bosh murabbiylikka tezroq biror mutaxassisni tayinlashi kerak bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Real”ni hech kim kutmagan mutaxassis boshqaradi