09:15 / 07.06.2021
2 299

Allegri Ronalduni ketkazib, “Yuve”ga 7 nafar futbolchini olib keladi


“Yuventus” bosh murabbiyi etib tayinlangan Massimiliano Allegri ishni tarkibnio‘ziga moslashtirishdan boshladi.
53 yoshli mutaxassis kuchli chempionatlardan ko‘zga ko‘ringan o‘yinchilarni Turinga taklif etmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, Allegri yangi jamoasida PSJ hujumchisi Mauro Ikardi va “Fiorentina” vakili Dushan Vlaxovichni ko‘rmoqchi. Shuningdek, italiyalik mutaxassis ro‘yxati “Marsel”da o‘ynayotgan Arkadiush Milik va “Barselona” kutayotgan Memfis Depay ham bor.

Allegri maydon markazida “Manchester Yunayted” yulduzi Pol Pogba, “Barselona”da o‘zini ko‘rsata olmagan Miralem Pyanich, “Sassuolo” yetakchisi Manuel Lokatellini o‘ynatmoqchi.

Shuningdek, klub rahbariyati bosh murabbiyni qo‘llab-quvvatlash maqsadida boshqa transferlarga pul ajratishi va jamoa to‘purari Krishtianu Ronaldu sotib yuborishga ham tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Allegri Ronalduni ketkazib, “Yuve”ga 7 nafar futbolchini olib keladi