14:09 / 17.06.2021
2 753

Shohasan Mirzamatov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi (video)


Kecha Qozog‘istonning Almati shahri MMA bo‘yicha professional jang kechasi bo‘lib o‘tdi. "Oktagon" promoushenining navbatdagi turnirida hamyurtimiz Shohasan Mirzamatov ham mezbonlar vakili Alibek Seydazimga qarshi jang o‘tkazdi.

Mazkur jang yarim o‘rta vazn (77 kg) toifasida bo‘lib o‘tdi. Hamyurtimiz  ikkinchi raundda texnik nokaut evaziga raqibini mag‘lub etdi.

Ma’lumot uchun, Shohasanning professional janglardagi rekordi 2-1 ni tashkil etadi. Quyida uning g‘alabasi aks etgan videoni tomosha qilishingiz mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shohasan Mirzamatov qozog‘istonlik raqibini mag‘lub etdi (video)