10:50 / 06.07.2021
1 978

Anelka Mbappega: "Oltin to‘p"ni istasang, PSJdan ketishing kerak"


Fransiya terma jamoasi va "Chelsi" klubi sobiq hujumchisi Nikolya Anelka hamyurti Kilian Mbappeni PSJni tark etishga undadi.
"Agar sen yirik sovrinlarni yutishni istasang, PSJdan qachondir ketishingga to‘g‘ri keladi.

PSJda nima qilsang ham, har doim kimdir shunday deydi: "Xo‘sh, sen PSJda yaxshi o‘ynaysan, ammo bu yer shunchaki Fransiya. Sen Angliya va Ispaniya kabi dunyoning eng yaxshi ligalarida, eng yaxshi chempionatlarning eng yaxshi futbolchilari bilan raqobatlashmading". 

Qaror qilishing kerak. Agar sen "Oltin to‘p"ni qo‘lga kiritishni istasang hamda Ronaldu va Messiga yetib olish uchun intilmoqchi bo‘lsang, eng zo‘rlar bilan bellashishing kerak bo‘ladi.

PSJda to‘p surish degani eng yaxshilar bilan raqobatlashasan degani emas. Adashma, Liga 1 oson emas, lekin eng qiyin chempionat Angliyada.

Shunday ekan, eng zo‘rlardan bo‘lishni istasang, PSJda qanday o‘ynayotgan bo‘lsang, "Chelsi", "Manchester Yunayted", "Arsenal", "Manchester Siti" yoki "Liverpul"da shu mahoratingni amalga oshir yoki Ispaniyaga, "Real" yoki "Barselona"ga bor. Balki Italiyaga. Keyinchalik sening nufuzing haqida gapirishni boshlashimiz mumkin", — deb yozgan Anelka Mbappega ochiq xatida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Anelka Mbappega: "Oltin to‘p"ni istasang, PSJdan ketishing kerak"