22:53 / 28.04.2024
222

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"

Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"
O‘zbekiston kubogining 3-turidan o‘rin olgan "Andijon" - "Nasaf" (1:0) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O‘yin haqida
- "Andijon" jamoasi keyingi bosqichga chiqqani bilan tabriklayman. Ular tartibli o‘ynab, g‘alabaga erishishdi. Biz o‘yinni nazorat qilishga intildik, o‘sha qizil kartochkadan ham so‘ng hujumlar tashkil etdik, oldinga intildik. Biroq "Andijon" jamoasi qo‘shib berilgan daqiqalarda qarshi hujumda gol urib ketdi.

- Abduvohid Ne’matovning tarkibda yo‘q ekani jamoa natijalariga ta’sir ko‘rsatdimi?
- Kelinglar, bu masalani muhokama qilmaylik. Yutqazsa, butun jamoa yutqazadi. Darvozabon ko‘p vaziyatlarda jamoamizni qutqarmadi. Biroq, hujum chizig‘imiz gol urganida natija boshqacharoq bo‘lardi.

- "Nasaf" ketma-ket 3 marta kubok sohibi bo‘lgandi. Bu yilgi natijaga munosabatingiz?
- Albatta, musobaqani guruh bosqichida yakunlashga majbur bo‘ldik. To‘g‘risi, kubok uchrashuvlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq ko‘rmadim. Yo‘qotishlar ham o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan qolmadi. "Andijon" maydonidagi muhit va muxlislarning jamoa ruhiyatiga ta’sirini alohida ta’kidlab o‘tish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ro‘ziqul Berdiyev: "Kubok o‘yinlari davomida yigitlarda kuchli ishtiyoq sezmadim"