07:35 / 07.07.2021
2 594

Isroil Madrimovning havaskor boksdagi ashaddiy raqibi endi professional boksda ham uni taqib etmoqda


Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) faoliyatini davom ettirayotgan qozog‘istonlik Tursunbay Kulahmet (3-0, 2KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 iyul kuni Almati shahrida Aleksey Yevchenkoga (19-14-2, 8KO) qarshi o‘tkazadi. Kulahmet hozirda WBC International kamari egasi bo‘lib turibdi.

Kulahmetning murabbiyi Morening so‘zlariga ko‘ra, uning 7-jangiga qadar jahon chempionlik kamari uchun bahsni olib berish niyatidalar.

Tursunbay bilan bo‘lgan intervyularning birida, u aynan Isroil Madrimov borligi sabab ushbu vaznda faoliyatini boshlaganini aytib o‘tgan. Madrimov va Kulahmet havaskor boksda o‘zaro 2 marta to‘qnash kelgan. Hozircha hisob 1:1. Ular o‘rtasidagi 3-jangni professional boksda ko‘rsak ajab emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Isroil Madrimovning havaskor boksdagi ashaddiy raqibi endi professional boksda ham uni taqib etmoqda