17:03 / 09.08.2021
5 509

Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari tayyorlandi


Foto: Videolavhadan skrinshot
«Prezident sovg’asi» yozuvi hamda Tokio-2020 Olimpiadasi logotipi tushirilgan Tahoe rusumli mashinalar videosi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Ushbu qimmat avtomobillar Olimpiada g‘oliblari uchun atalgan sovg‘a ekani aytilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Tokio-2020» Olimpiadasida qatnashgan O‘zbekiston delegatsiyasi samolyoti bugun, 9 avgust kuni soat 20:00 da Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelishi kutilmoqda. Delegatsiya 21:00 da aeroportdan Milliy Olimpiya qo‘mitasi tomon ikki qavatli maxsus avtobuslarda harakatlanadi.

O‘zbekiston ushbu olimpiya o‘yinlarida jami beshta medalni qo‘lga kiritdi. Ulardan uchtasi oltin, ikkitasi bronza medallar sanaladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olimpiada sovrindorlariga Prezident sovg‘alari tayyorlandi