23:23 / 14.09.2021
2 287

OCHL. Masharipov jamoasi g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi

OCHL. Masharipov jamoasi g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi
Osiyo chempionlar ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan "Al-Nassr" hamda "Traktor" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi. Dohada kechgan ushbu bahsda riyodliklar minimal hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuvdagi yagona gol Vinsent Abubakar tomonidan kiritildi.

Legionerimiz Jaloliddin Masharipov boshlang‘ich tarkibda maydonga tushdi va to‘liq o‘ynadi.

OCHL. 1/8 final
"Al Nassr" (Saudiya Arabistoni) – "Traktor" (Eron) 1:0
Gol:
Vensan Abubakar 11'
Al Nassr – Volid Abdulloh, Muhammal Al Fatil, Al Amri, Muhammad Qosim, Abdulloh Alxaybari, Ali Al Hassan, Abdulfattoh Asiri, Jaloliddin Masharipov, Taliska, Vensan Abubakar.
Traktor – Muhamadrizo Ahbori, Hadi Muhammadi, Abolfazl Razzagpur, Muhammad Muslimipur, Said Eronxon, Akbar Imoni, Ali Fathi, Said Vasei, Behzad Salami, Saman Narimonjahon, Amin Asadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » OCHL. Masharipov jamoasi g‘alaba qozonib, chorak finalga yo‘l oldi