18:30 / 27.11.2021
2 571

Kelasi mavsum qaysi jamoalar xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi?

Kelasi mavsum qaysi jamoalar xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi?
Superligada mavsum nihoyasiga yetdi. Quyida kelasi yil Osiyo Chempionlar ligasining yangi mavsumida ishtirok etish uchun qaysi jamoalarda imkoniyat mavjud degan savolga o‘zbekistonlik taniqli futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘zining telegram sahifasida javob berib o‘tdi.

2022 yilgi mavsumda ham OFKning O‘zbekiston uchun Osiyo Chempionlar ligasiga “1+1” ko‘rinishidagi kvotasi saqlanib qoladi. Demak, bu vaziyatda to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmaga mavsum chempioni – “Paxtakor” ega bo‘ladi, O‘zbekiston kubogi g‘olibi esa o‘tish o‘yini orqali OCHL guruh bosqichiga chiqishga harakat qiladi.

“So‘g‘diyona” Superligada mavsumni 2-o‘rinda yakunlaganini va “Nasaf” O‘zbekiston kubogida o‘ynashini hisobga olsak, “ajdarlar”ning kubokdagi g‘alabasi ularni OCHL o‘tish o‘yiniga olib chiqadi. Agar voqealar rivoji shunday yakun topsa va Ro‘ziqul Berdiyev shogirdlari o‘tish o‘yinida ham muvaffaqiyat qozonib, guruh bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritsa, “So‘g‘diyona” yangi mavsumda OFK kubogida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

Agar kubok finalida “Nasaf” mag‘lub bo‘lsa, u holda OCHL o‘tish o‘yinida “So‘g‘diyona” ishtirok etadi. Jizzax klubi guruh bosqichiga muvaffaqiyatli o‘ta olsa, chempionatda 3-o‘rinni egallagan AGMK OFK kubogida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kelasi mavsum qaysi jamoalar xalqaro maydonda O‘zbekiston sharafini himoya qiladi?