5 190
Apple nima sababdan naushniklar ulagichini yangi smartfondan olib tashlaganini tushuntirdi
Apple vise-prezidentlari Greg Josvyak, Den Richchio va Fil Shiller BuzzFeed’ga bergan intervyusida iPhone 7 dan nega 3,5 millimetrli konnektor olib tashlanganini tushuntirib berdi. Bu haqda «Daryo» xabar bermoqda.
Richchioning aytishicha, ushbu «havo bilan to‘ldirilgan tirqish» oxirgi bir necha yil mobaynida Apple innovasiyalari yo‘lida to‘siq bo‘lib kelgan ekan.
«Audioulagich 100 yoshda. U bilan bog‘liq oxirgi katta innovasiya 50 yil muqaddam amalga oshirilgan edi. Bilasizmi, bu nima edi? U biroz kichraytirilgan edi. Shundan buyon hech narsa o‘zgarmadi», — dedi Josvyak.
«Bu dinozavr. Olg‘a intilish payti keldi», — qo‘shimcha qildi u.
Richchioning ta’kidlashicha, ulagichdan qutulgan ishlanma mualliflari nihoyat yuqori hajmdagi akkumulyatordan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bundan tashqari, suv o‘tkazmaslik texnikasi hamda Home tugmasi uchun Taptic Engine o‘rnatildi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi