Google korporasiyasi 12 yoshli ispaniyalikning 100 ming evrolik qarzidan kechdi, deb yozadi «Daryo».
20 minutos gazetasi ma’lumotlariga ko‘ra, Valensiya muxtor viloyatidagi Torrevexa shaharchasida yashaydigan bola o‘zining 15 yoshli do‘sti bilan sayt yaratib, u erga musiqa haqida videolar joylagan. 2016 yil avgustida bolalar Google kompaniyasining kontekstli reklama servisi — AdWords’da hisob ochgan.
Yosh ispanlar uning yordamida o‘z videolariga kiritgan reklamalar uchun pul olamiz, deb o‘ylagan. Haqiqatda esa bolalar AdWords natijasida o‘z saytini rivojlantira boshlagan, buning evaziga ularga to‘lash uchun hisob chiqarib berilgan.
Google’dagilar ushbu holatni tahlil qilib chiqib, bolalardan pul olmaslikka qaror qilgan. «Ko‘plab onlayn-servislar, jumladan, AdWords ham yosh bo‘yicha cheklovlarga ega», — deya eslatishdi korporasiyada. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi