Joriy yilning 18 may kuni «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK Boeing 787 Dreamliner’da Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha ilk parvozni amalga oshiradi. Bu haqda Kun.uz’ga MAK axborot xizmati xabar berdi.
Toshkent-Riga-Nyu-York-Toshkent yo‘nalishida ushbu turdagi samolyotdan foydalanish MAK yo‘lovchilariga Riga shahriga 20-30 daqiqada juda qulay sharoitda etib borish imkonini beradi. Nyu-Yorkka bo‘lgan masofa esa bir soatga qisqaradi. 246 o‘rindiqqa ega bo‘lgan (24 biznes va 222 – iqtisod sinf) Boeing 787 Dreamliner samolyotlari saloni dizayniga bo‘lgan yangicha yondashuv uzoq parvozga shaylangan yo‘lovchilarga maksimal qulaylik yaratib beradi.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha birinchi reysda MAKning 4 ekipaji ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, «O‘zbekiston havo yo‘llari» Boeing 787 Dreamliner’dan tijoriy maqsadda foydalanishni o‘tgan yilning sentyabridan boshladi. Bugungi kunda «orzular laynerlarida» Dubay, Istanbul, Tel-Aviv, Frankfurt, Moskva, Kuala-Lumpur va Singapurga parvoz qilish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi