10:10 / 07.12.2022
1 315

Fox News Xitoy va AQSHdagi TikTok videolarini solishtirdi

Fox News Xitoy va AQSHdagi TikTok videolarini solishtirdi
TikTok platformasi ishlab chiqilgan Xitoyda yoshlarga ta’lim va ilhomlantiruvchi videolar taklif qilinayotgan bo‘lsa, Amerikada eng qo‘pol va ahmoqona kontentlar tarqatilmoqda, — degan Fox News boshlovchisi Taker Karlson.

Uning fikricha, bu tasodif emas, hamma narsa materiallarni tanlash uchun mas’ul bo‘lgan algoritmlardagi farqda. “TikTok” kutilmaganda paydo bo‘ldi va dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biriga aylandi.

“TikTok” aslida Xitoy hukumati tomonidan nazorat qilinadi, lekin qiziq tomoni shundaki, xitoyliklar, xitoylik bolalar ko‘rayotgan “TikTok” sizning bolalaringiz ko‘rayotgan narsadan juda katta farq qiladi.

“TikTok” boshqa nom bilan mashhur bo‘lgan Xitoyda bu kabi videolar juda keng tarqalgan.

Qiziq! Kubik Rubik Olimpiadasi, o‘qituvchiga bo‘lgan ehtirom namoyishi, bolalarning professional tarzda rasm chizishi... Bularning barchasi xitoylik bolalarning “TikTok”da nima tomosha qilayotganini bilish uchun Apple qurilmasini Xitoyda ro‘yxatdan o‘tkazish orqali ko‘rindi.

Amerika “TikTok” ida juda keng tarqalgan janr bu - sizning farzandlaringizni jinsini o‘zgartirishga chaqiradigan videolar.

Bularning hech biri tasodifiy taklif qilinmaydi. Bu algoritm tomonidan maxsus tanlangan va oldindan belgilangan. Masalan, Xitoy "TikTok"ida o‘rta maktabni a’lo baholarga bitirish haqidagi ko‘plab videolar bor.

Shunday qilib, Xitoyda "TikTok" sog‘lom va mustahkamdir. Qo‘shma Shtatlarda esa, u jamiyatni xaosga undaydi.

Bu haqda AQSH Havo kuchlarining dasturiy ta’minot bo‘yicha sobiq direktori Nikolas Cheylan shunday deydi:

— Bu umuman tasodif emas. Aynan shu narsani Xitoy boshidanoq rejalashtirgan edi. Birinchidan, “Douin” (“Tik Tok”ning Xitoydagi nomi) butunlay boshqacha jarayonlar bilan Xitoyda ishga tushirildi. Birinchidan, 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar ushbu ilovadan kuniga 40 daqiqadan ko‘proq foydalana olmaydi. Ular, ayniqsa, yoshlar uchun qanchalik zaharli ekanligini bilishadi. Bundan tashqari, dasturdan tungi vaqtda foydalanish taqiqlanadi. Bu ham juda muhim.

Yana bir jihat shundaki, bu ikki dastur mohiyatan butunlay boshqacha. Ular butunlay boshqacha algoritmlarga ega. “Douin” ta’lim-tarbiya, ilm-fanni targ‘ib qilishini ko‘rishingiz mumkin. Aslida, dastur dunyoning qolgan qismini zaiflashtirishga hissa qo‘shish uchun yaratilgan. Bu tasodif emas. Bu, albatta, Xitoy Kommunistik partiyasining dezinformatsion urushining yorqin namunasidir va oxir-oqibat ular butun dunyo bo‘ylab saylovlar natijalariga ta’sir o‘tkazishga qodir bo‘lishni niyat qilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Fox News Xitoy va AQSHdagi TikTok videolarini solishtirdi