date

Microsoft Windows 10 uchun qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi

Microsoft Windows 10 uchun qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi
Microsoft korporatsiyasi 14 oktyabrdan Windows 10 operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi. Kompaniya barcha foydalanuvchilarga o‘z qurilmalarini Windows 11 tizimiga yangilashni tavsiya qilmoqda.

14 oktyabrdan boshlab tizim va o‘rnatilgan dasturlar uchun xavfsizlik yangilanishlari hamda texnik yordam xizmati rasman tugatildi. Windows 10 ishlashda davom etadi, ammo yangilanishlarsiz qolishi tufayli xavfli dasturlar va viruslarga qarshi himoyasi zaiflashadi.

Shuningdek, yozda Microsoft kompaniyasi 2026 yilgacha Windows 10da Microsoft 365 ilovalari uchun yangilanishlar berilishini to‘xtatishini e’lon qilgandi. Bu ilovalar qatoriga Outlook, Teams, Office, OneDrive va SharePoint kiradi. Muddat tugagach, ushbu dasturlar ishlashda davom etadi, biroq ularning barqaror ishlashini kompaniya kafolatlamaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft Windows 10 uchun qo‘llab-quvvatlashni to‘xtatdi