Toshkentda uy ijarasi narxlari sezilarli darajada oshdi

Toshkentda uy-joy ijarasi narxlari o‘sishda davom etib, mart oyida bir kvadrat metr uchun o‘rtacha qiymat 8,9 dollarni tashkil etdi. Narxlar o‘tgan yilga nisbatan 10,8 foizga oshgan bo‘lsa, eng qimmat ijara stavkalari Mirobod va Shayxontohur kabi markaziy tumanlarda saqlanib qolmoqda. Ayniqsa, Yashnobod tumanida yillik o‘sish ko‘rsatkichi rekord darajadagi 18,9 foizga yetgan.
2026 yil mart oyida Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxlari oʻsishda davom etdi.
Maʼlumotlarga koʻra, poytaxtda bir kvadrat metr uchun oʻrtacha ijara qiymati 8,9 dollar atrofida shakllangan. Bu koʻrsatkich fevral oyiga nisbatan 2,7 foizga, oʻtgan yilning shu davriga nisbatan esa 10,8 foizga yuqori.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi maʼlum qilishicha, eng qimmat ijara narxlari shaharning markaziy hududlarida saqlanib qolmoqda.
Xususan, Mirobod, Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirzo Ulugʻbek tumanlarida bir kvadrat metr uchun ijara oʻrtacha 11 dollargacha yetgan.
Shu bilan birga, yillik oʻsish surʼati boʻyicha Yashnobod tumani yetakchilik qilgan. Bu hududda ijara narxlari 18,9 foizga oshgan.
Mirzo Ulugʻbek tumanida oʻsish 14,3 foizni, Yakkasaroy tumanida esa 12,5 foizni tashkil etgan.






























Izohlar 0
…