Bernardu Silva «Yuventus» va «Barselona» o'rtasida tanlov qilmoqda

Bernardu Silva «Yuventus» va «Barselona» o'rtasida tanlov qilmoqda
Qisqacha

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Bernardu Silva joriy mavsum yakunida shartnomasi tugashi sababli klubni erkin agent sifatida tark etadi. Hozirda 31 yoshli futbolchiga "Yuventus" va "Barselona" kabi grand jamoalar asosiy da'vogarlik qilmoqda. Portugaliyalik yarim himoyachining o'zi aynan Turin yoki Kataloniya klublaridan biriga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda. Xususan, "Yuventus" vakillari futbolchining agenti bilan aloqaga chiqib, muzokaralarni boshlab yuborgan.

«Man Siti» yarim himoyachisi Bernardu Silva joriy mavsum yakunlangach, klubini o'zgartirishga tayyorgarlik ko'rmoqda. «Shaharliklar» sardori yozda erkin agentga aylanadi, chunki uning amaldagi shartnomasi uzaytirilmaydigan bo'ldi. Bu haqda Euro-football.ru xabar beradi.

Hozirda 31 yoshli futbolchiga «Yuventus», «Barselona», «Benfika» va «Galatasaroy» kabi klublar jiddiy qiziqish bildirmoqda. «La Gazzetta dello Sport» nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, portugaliyalik xavbekning o'zi faoliyatini Turin yoki Kataloniyada davom ettirish variantlarini afzal ko'rmoqda.

«Barselona» uzoq vaqtdan beri Bernardu Silvani o'z safiga qo'shib olishni ko'zlayotgan bo'lsa, «Yuventus» bu poygaga yaqinda qo'shildi. Manbaning ta'kidlashicha, Turin klubi vakillari futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan doimiy aloqada bo'lib turibdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar