Yulduz Usmonova insonlar shukr qilishni unutib qo‘yayotganini ochiq aytdi

Yulduz Usmonova insonlar shukr qilishni unutib qo‘yayotganini ochiq aytdi
Qisqacha

O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova o‘z intervyusida insonlarni hayot ne’matlarini qadrlashga va shukr qilishni unutmaslikka chaqirdi. Xonanda ko‘pchilikning arzimagan sabablar bilan "chardadim" deyishini tanqid qilib, asosiy e’tiborni sog‘liq va tinchlikka qaratish lozimligini ta’kidladi. U og‘ir vaziyatdagi insonlarni misol keltirgan holda, har bir nafas uchun minnatdor bo‘lishga da’vat etdi.

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova intervyulardan birida insonlarni hayotdagi neʼmatlarni qadrlashga chaqirdi.

Uning taʼkidlashicha, koʻpchilik bor imkoniyat va salomatlikning qadriga yetmasdan, tez-tez “charchadim” degan gapni ishlatib yuboradi.

Xonanda bu borada misol keltirib, ogʻir mehnat qilayotganlar yoki kasallik bilan kurashayotgan insonlarni eslash kerakligini aytdi.

Yulduz Usmonovaga koʻra, inson eng avvalo sogʻ-salomatligi va nafas olish imkoniyati uchun ham shukr qilishi lozim.

U shuningdek, odamlarni oʻz holatiga nisbatan minnatdor boʻlishga va hayotdagi har bir neʼmatning qadriga yetishga daʼvat qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar