Isroil va Livan oʻrtasidagi tinchlik kelishuvi yana uzaytirildi

Isroil va Livan oʻrtasidagi tinchlik kelishuvi yana uzaytirildi
Qisqacha

Isroil va Livan o‘rtasidagi vaqtinchalik tinchlik kelishuvi AQSH vositachiligida yana uch haftaga uzaytirildi. Donald Trampning ta’kidlashicha, ushbu qarordan ko‘zlangan asosiy maqsad mintaqadagi keskinlikni pasaytirish va barqarorlikni ta’minlashdir. Muzokaralar davomida Vashington Livan hukumatiga "Hizbulloh"ga qarshi kurashda ko‘maklashish niyatini ham bildirgan. Hozirda tomonlar vaziyat murakkabligiga qaramay, uzoq muddatli kelishuvga erishish ustida ishlarni davom ettirmoqda.

Isroil va Livan oʻrtasidagi vaqtinchalik tinchlik kelishuvi yana uch haftaga uzaytirildi.

Maʼlum qilinishicha, bu qaror AQSH vositachiligida Oq uyda oʻtkazilgan muzokaralar natijasida qabul qilingan.

AQSH prezidenti Donald Trampning bildirishicha, kelishuvni uzaytirishdan maqsad — ikki tomon oʻrtasidagi keskinlikni pasaytirish va mintaqada barqarorlikni saqlab qolishdir.

Muzokaralarda Amerika rasmiylari ham faol ishtirok etgani qayd etilmoqda. Shuningdek, Vashington Livanga “Hizbulloh”ga qarshi kurashda yordam koʻrsatish niyatini bildirgan.

Shu bilan birga, tahlilchilar mintaqadagi vaziyat hali ham murakkabligicha qolayotganini taʼkidlab, ayrim hududlarda taranglik saqlanayotganini bildirmoqda.

Tomonlar oʻrtasida muzokaralar davom ettirilib, uzoq muddatli kelishuvga erishish ustida ishlar olib borilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar