Milananing 6 yoshli tug‘ilgan kuni samimiy tarzda o‘tdi (video)

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedovaning qizi Milana 22-aprel kuni 6 yoshni qarshi oldi. Bu yilgi tug‘ilgan kun tantanasi restoranda emas, balki uy sharoitida, yaqin do‘stlar va qo‘shnilar davrasida juda samimiy hamda quvnoq ruhda o‘tkazildi. Bayramda Milana ota-onasi tomonidan o‘zi yoqtirgan yumshoq o‘yinchoqlar va sevimli multfilm qahramoni uslubidagi sovg‘alar bilan siylandi. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham aktrisaning sahifasida Milanaga baxt va sog‘lik tilab, ko‘plab iliq tilaklarni qoldirishmoqda.
Aktrisa, dizayner va boshlovchi Shahzoda Muhammedovaning qizi Milana 22 aprel kuni 6 yoshni qarshi oldi. Bu haqda avval xabar bergan edik. San’atkor qizining tug‘ilgan kunidan lavhalarni Instagram sahifasi orqali muxlislari bilan bo‘lishdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Milananing tug‘ilgan kuni bu safar uyda, dugonalari davrasida, samimiy va quvnoq muhitda nishonlangan. Joylangan videolardan bayram yuqori kayfiyatda, qiziqarli o‘yinlar va kulgu ostida o‘tganini ko‘rish mumkin.
Bayramda Milananing otasi Marat Hamdamov ham ishtirok etib, qizini chiroyli sovg‘alar bilan xursand qildi. Onasi esa qizining ayniqsa yumshoq o‘yinchoqlarni yaxshi ko‘rishini alohida ta’kidladi.
Shahzoda Muhammedova video ostida quyidagi samimiy so‘zlarni yozib qoldirgan:
“Asal qizim Milana bugun juda xursand. Chunki u bu kunni uzoq kutgandi. Unga katta gapiradigan qo‘g‘irchoqlar emas, zamonaviy kichik yumshoq o‘yinchoqlar yoqadi. Sevimli multfilm qahramoni — Rumi, shu bois bu yil siyohrang va binafsha ranglarni tanladik.
Garchi bu yil barcha do‘stlarni yig‘ib, avvalgidek restoranda nishonlamagan bo‘lsak-da, qo‘shnilarimizning tashrifidan juda xursand bo‘ldik. Bu safar bayramni oddiygina uyda o‘tkazishni ma’qul ko‘rdik”.
Muxlislar esa izohlarda Milananing tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, unga sog‘lik, baxt va quvonch tilashmoqda.





























Izohlar 0
…