Toshkentda 2,59 gektar yer maydoni 241 mlrd so'mga sotuvga chiqdi

1 daqiqa o'qish228
Toshkentda 2,59 gektar yer maydoni 241 mlrd so'mga sotuvga chiqdi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida joylashgan binolar majmuasini sotuvga qo'ydi. Ushbu ob'yekt bo'yicha ma'lumotlar E-auksion elektron savdo platformasida e'lon qilindi. Bu haqda Spot.uz xabar beradi.

Yer uchastkasi Elbek ko'chasi bo'ylab, "O'zdonmaxsulot" kompaniyasining un zavodi va Toshkent mexanika zavodi hududi oralig'ida joylashgan. Mazkur hudud "Mashinasozlar" metro bekati yaqinida bo'lib, hozirda u yerda omborxonalar mavjud.

Majmuaning umumiy maydoni 2,59 gektarni tashkil etadi. Undagi omborlar va yordamchi ob'yektlarning maydoni 4 729 kvadrat metrga teng. Hudud suv va elektr energiyasi bilan ta'minlangan.

Lotning boshlang'ich narxi 241,85 mlrd so'm etib belgilangan. Savdolar 25 may kuni soat 10:00 da bo'lib o'tadi, arizalar esa shu kuni soat 9:00 ga qadar qabul qilinadi. Ushbu ob'yekt prezident tomonidan 2023 yil mart oyida tasdiqlangan xususiylashtirish dasturi doirasida sotilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?