“2 yildan beri soliq to‘layman” — Maftuna Shokirova ochiq gapirdi

“2 yildan beri soliq to‘layman” — Maftuna Shokirova ochiq gapirdi
Qisqacha

Aktrisa va instabloger Maftuna Shokirova o‘z daromadlaridan ikki yildan buyon muntazam ravishda soliq to‘lab kelayotganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, barcha moliyaviy tushumlar rasmiy ravishda qayd etiladi va hisob-kitoblar maxsus buxgalter tomonidan amalga oshiriladi. Ushbu bayonot ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ko‘pchilik tomonidan boshqa blogerlar uchun ijobiy namuna sifatida e’tirof etilmoqda.

Aktrisa va instabloger Maftuna Shokirova so‘nggi bayonoti bilan e’tibor markaziga tushdi. U o‘z daromadlari bo‘yicha ikki yildan beri muntazam soliq to‘lab kelayotganini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, barcha moliyaviy tushumlar rasmiy tarzda hisobga olinadi va belgilangan tartibda soliq to‘lanadi. “Biz 2 yildan beri daromad solig‘ini to‘lab kelamiz. Soliq bor — qayerdan daromad kirib kelayotgan bo‘lsa, hammasi rasmiylashtiriladi va ma’lum foizi to‘lanadi. Qancha miqdorda to‘lanayotganini esa bugalterim hisoblab beradi”, — deydi u.

Maftuna Shokirovaning ushbu bayonoti ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilinib, ayrimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Ko‘pchilik bu kabi ochiqlik boshqalarga ham o‘rnak bo‘lishi mumkinligini ta’kidladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar