AMD Ryzen 7 9800X3D protsessori uchun ajoyib taklif: sovgʻa bilan birga

Newegg platformasi Ryzen 7 9800X3D protsessorini bozordagi eng arzon narxlardan birida taklif qilmoqda. Sotuvga chiqqan vaqtida 480 dollar turgan ushbu model hozirda 420 dollarga tushirildi. Bundan tashqari, xaridorlarga Corsair CX750M quvvat bloki sovgʻa sifatida taqdim etilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Ushbu toʻplam ayniqsa kompyuterni noldan yigʻayotgan foydalanuvchilar uchun juda foydali hisoblanadi. Corsair CX750M quvvat bloki kuchli video kartalar uchun moʻljallangan boʻlsa-da, u ATX 3.1 yoki PCIe 5.1 standartlariga ega emas va 16-pinli kabel bilan taʼminlanmagan. Shu sababli, zamonaviy NVIDIA RTX 50 seriyali video kartalarni ulash uchun maxsus adapter talab qilinadi.
Shuningdek, doʻkon yanada kengaytirilgan toʻplamni ham taqdim etmoqda. Unda Ryzen 7 9800X3D, Corsair CX750M, 32 GB DDR5 operativ xotira va 1 TB Samsung 990 PRO xotira qurilmasi 920 dollar evaziga taklif qilinmoqda. Taqqoslash uchun, ushbu komponentlarni alohida sotib olish 1200 dollardan ortiq mablagʻni talab qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!