date

Yevropada kiberjinoyatchilarga xizmat qilgan First VPN tarmogʻi tugatildi

Yevropada kiberjinoyatchilarga xizmat qilgan First VPN tarmogʻi tugatildi

Yevropol boshchiligidagi xalqaro huquq-tartibot idoralari kiberjinoyatchilar orasida mashhur boʻlgan First VPN xizmatiga qarshi keng koʻlamli operatsiyani yakunladi. Saffron deb nomlangan operatsiya doirasida 27 ta davlatda joylashgan 33 ta server musodara qilindi. Tergov maʼlumotlariga koʻra, ushbu servis noqonuniy faoliyatni yashirish uchun maxsus platforma vazifasini oʻtagan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Operatsiyada 18 ta davlat, jumladan, Fransiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya va Shveysariya kuch tuzilmalari ishtirok etdi. First VPN tarmogʻining 1vpns.com, 1vpns.net, 1vpns.org kabi asosiy domenlari hamda Tor tarmogʻidagi .onion manzili bloklandi. Hozirda ushbu saytlarga kirilganda huquqni muhofaza qilish organlarining maxsus xabarnomasi paydo boʻlmoqda.

First VPN oʻzini hech qanday yurisdiksiyaga boʻysunmaydigan va rasmiylar bilan hamkorlik qilmaydigan anonim servis sifatida reklama qilib kelgan. Platforma ayniqsa rus tilidagi kiberjinoyat forumlarida faol targʻib qilingan. Yevropolning taʼkidlashicha, ushbu xizmat soʻnggi yillardagi koʻplab yirik kiberhujumlarda qoʻllanilgan va uni fosh etish uchun besh yilga yaqin vaqt sarflangan.

Mutaxassislar bunday "bulletproof" (oʻq oʻtmas) VPN xizmatlarini qonuniy provayderlardan farqlash lozimligini aytishmoqda. Oddiy VPN kompaniyalari qonun doirasida ishlaydi va rasmiy soʻrovlarga javob beradi, bulletproof-servislar esa ataylab qonunbuzarliklar va shikoyatlarga eʼtibor bermay, faqat "soya"dagi bozorga xizmat koʻrsatadi.

Ushbu operatsiya fonida Yevropada raqamli maxfiylik chegaralari boʻyicha bahslar yana avj oldi. Bir tomondan, internetda konfidentsiallik huquqi YeI qonunchiligida mustahkamlangan boʻlsa, ikkinchi tomondan, kiberjinoyatchilikka qarshi kurash choralari internet ustidan nazoratning kuchayishiga olib kelishi mumkinligidan xavotirlar bildirilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Yevropada kiberjinoyatchilarga xizmat qilgan First VPN tarmogʻi tugatildi