date

Har qanday ob-havoga chidamli: Netcraze ilk tashqi Wi-Fi nuqtasini taqdim etdi

Har qanday ob-havoga chidamli: Netcraze ilk tashqi Wi-Fi nuqtasini taqdim etdi

Netcraze kompaniyasi Wi-Fi 6 standartida ishlovchi Stellar 6 (NAP-650) rusumli ilk tashqi kirish nuqtasi sotuvga chiqqanini eʻlon qildi. Qurilma AX3000 tezlik indeksiga ega boʻlib, 3000 Mbit/s gacha maʻlumot uzatishni taʻminlaydi va PoE (tarmoq kabeli orqali quvvatlanish) texnologiyasini qoʻllab-quvvatlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Yangi qurilma ochiq havoda, murakkab ob-havo sharoitlarida ishlash uchun moʻljallangan. U −40 dan +65 °C gacha boʻlgan harorat oraligʻida barqaror ishlay oladi. Akrilonitril-stirol-akrilat (ASA) moddasidan ishlangan korpus namlik, chang, toʻgʻridan-toʻgʻri quyosh nurlari va yogʻingarchilikdan ishonchli himoyani taʻminlaydi.

Stellar 6 modeli ichki isitish tizimi, 6 kV gacha boʻlgan kuchlanish oʻzgarishlaridan va 8 kV gacha boʻlgan elektrostatik razryadlardan himoya bilan jihozlangan. Gigabitli tarmoq porti ekranlangan va yerga ulash (zazemleniye) klemmasiga ega. Qurilma 1,3 GGs chastotali ikki yadroli protsessor va 256 MB operativ xotira bilan taʻminlangan.

Ikki diapazonli radioqism 2,4 GGs chastotada 574 Mbit/s gacha, 5 GGs chastotada esa 2402 Mbit/s gacha tezlikni kafolatlaydi. Beshta diskret radiokuchaytirgich tashqi antennalar ulangan holatda ham signal sifatini saqlab qoladi. Qurilma 802.3at (PoE+ 18 W) standarti boʻyicha quvvat oladi va devorga yoki machtaga oʻrnatish uchun maxsus moslamalar bilan birga yetkazib beriladi.

Maʻlumot oʻrnida, Netcraze kompaniyasi 2017-yildan buyon Keenetic texnikalarini taqdim etib kelgan, biroq 2025-yilning oktyabr oyidan boshlab toʻliq Netcraze brendi ostida faoliyat yuritishini maʻlum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Har qanday ob-havoga chidamli: Netcraze ilk tashqi Wi-Fi nuqtasini taqdim etdi